баннер
28 Mar 2025
17:28

    Qirg'iziston davlat madhiyasi so'zlari va musiqasi o'zgartiriladi

    Qirg'izistonda nafaqat madhiya so'zlarini, balki musiqasini ham o'zgartirishmoqchi. Shu munosabat bilan respublika tanlovi e'lon qilinadi.

    Bu haqda madhiyani o'zgartirish bo'yicha komissiyaning birinchi yig'ilishida madaniyat vaziri o'rinbosari Timurlan Ajimaliyev ma'lum qildi.

    “Maqsad – xalqning tarixiy merosi, madaniyati va birligini aks ettiruvchi asar yaratish. Unga bastakorlar, shoirlar, sozandalar, ijodiy jamoalar taklif etiladi”, dedi u.

    Parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev madhiyani o'zgartirishni taklif qilgan edi. Buni amaldagi madhiya respublika mustaqillikka endigina erishgan paytda yozilgani bilan izohladi. Shakiyev yangi madhiya 2025-yilning apreligacha qabul qilinishi kerakligini aytdi. Idoralararo komissiya tuzildi, u madhiyaning uchta variantini tayyorlab, Jogorku Keneshga taqdim etishi kerak, deb xabar beradi report.az.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech