Qirg'iziston Hukumatining 26 nafar xodimida koronavirus aniqlandi

    Salomatlik 27 Iyun 2020 1265

    Topshirilgan test natijalariga ko'ra, 26 nafar xodimda koronavirus infektsiyasi qayd etildi, deb xabar bermoqda Qirg'iziston Hukmati sayti.

    Ikki kun oldin 15 nafar xodimda infektsiya aniqlangan edi. Bugun ular soni yana oshdi. Kasallanganlar orasida Bosh vazir maslahatchisi Artem Novikov va Bosh vazir yordamchisi ham bor.

    Ayni paytda ular karantinga olingan va tegishli tibbiy muolajalarni qabul qilishmoqda. Aksariyat xodimlarda kasallik engil formada kechmoqda. Hozirda ular bilan muloqot qilganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

    Qirg'iziston Hukumatining aksariyat xodimlarni masofadan turib ishlashda davom etishmoqda.