баннер
22 Fev 2025
11:24

    Qirg'iziston poytaxtini ko'chirish taklif qilindi

    Qirg'iziston parlamenti yig'ilishida deputat Baxitbek Maripov poytaxtni boshqa joyga ko'chirish va Vazirlar Mahkamasini shu yerda joylashtirishni taklif qildi.

    Deputat fikricha, bu tutun va tirbandlik muammosini hal qilishga yordam beradi.

    “Issiqko'l viloyatida Asman shahri qurilmoqda. Unga 10 milliard dollar sarmoya jalb qilinmoqda. Bishkekdan temir yo'lni olib o'tish uchun esa 550 million dollar kerak bo'ladi. Aylanma yo'l qurilishi bilan birga esa 1 milliard dollardan ortiq mablag' talab etiladi, dedi deputat.

    Baxitbek Maripovning fikricha, Vazirlar Mahkamasini Bishkekdan ko'chirish transport bilan bog'liq muammoni hal qiladi, deb xabar beradi report.az.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech