Qirg'iziston Prezidenti Jalolobod shahri nomini Manas deb o'zgartirish haqidagi qonunni imzolandi

    Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Jalolobod shahrini Manas shahri deb o'zgartirish to'g'risida”gi Qirg'iziston Respublikasi qonunini imzoladi.

    Qonun Qirg'iziston Respublikasi Jogorku Keneshi tomonidan 2025-yil 10-sentabrda qabul qilingan.

    Qonunning maqsadi milliy g'oyani mustahkamlash va qirg'iz xalqining turli bosqinlardan himoyachisi, milliy qahramoni, buyuk Manas nomini Jalolobod shahriga berishdan iborat.

    Shu munosabat bilan Qonun Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Jalolobod shahrini Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod viloyati Manas shahri deb o'zgartirishni nazarda tutadi.

    Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab o'n kun o'tgach kuchga kiradi, deb xabar berdi president.kg.