Bu haqda Qirg'iziston rahbari “Kabar” davlat axborot agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Agar biz uni o'zgartirsak yaxshi bo'ladi”, dedi prezident. Uning so'zlariga ko'ra, respublikaning amaldagi madhiyasi 33 yil avval qabul qilingan va shundan beri Qirg'iziston davlat sifatida to'liq shakllangan.
Endi yoshlar va kelajak avlodlarga ilhom baxsh etadigan yangi madhiya yozish vaqti keldi, dedi Japarov. Shu bilan birga, u Qirg'iziston besh ming yillik tarixga ega mustaqil davlat ekanini eslatdi. “Albatta, hozirgi madhiyamiz ham birinchi madhiyamiz sifatida unutilmaydi, arxivda tarix bo'lib qoladi”, dedi prezident.
Qirg'iziston parlamenti spikeri bir necha kun avval mamlakat Savdo-sanoat palatasining 65 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tantanali yig'ilishda davlat madhiyasini o'zgartirish tashabbusi bilan chiqqan edi, deb xabar beradi tass.ru.