Shu yil 24-iyun kuni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning TurkPA majlisida ishtirok etayotgan parlament delegatsiyalari rahbarlari bilan qisqacha uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Qirgʻiziston rahbari Bishkek turkiy davlatlar bilan aloqalarni chuqurlashtirishga katta ahamiyat berayotganini va TurkPAga asos solgan davlatlardan biri sifatida ushbu parlamentlararo birlashma mamlakatlar oʻrtasidagi hamjihatlik va birdamlik namunasi sifatida shakllanishidan manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Xususan, Prezident S.Japarov Oʻzbekiston bilan koʻp qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini, Prezident Sh.M.Mirziyoyevning saʼy-harakatlari va siyosiy irodasi tufayli oʻzaro aloqalar strategik hamkorlik xususiyatiga ega boʻlganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Davlat rahbari bilan uchrashuvda Qirgʻiziston Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi Talant Mamitov, Ozarbayjon Respublikasi Miliy Majlisi Raisi Sagiba Gafarova, Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi Raisi Mustafo Shentop, Vengriya parlamenti raisi oʻrinbosari Shandor Lejak va Turkmaniston Milliy Gengeshi Xalk maslahati raisi oʻrinbosari Qosimguli Babayev ham ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati