“Sadir Japarov topshirigʻiga koʻra Oʻsh viloyati rahbariyati faoliyatini tekshirish boʻyicha tegishli komissiya tuzilib, natijada qonunbuzarliklar aniqlandi. Shu bois bir qator rahbarlarni ishdan boʻshatish taklifi kiritildi”, deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.

Qirgʻiziston Prezidentining farmoni bilan quyidagilar ishdan boʻshatildi:

Prezidentning Oʻsh viloyatidagi vakolatli vakili Ziyadin Jamaldinov;

Prezidentning Oʻsh viloyatidagi vakolatli vakilining oʻrinbosari Doniyor Janiqulov;

davlat administratsiyasi rahbari – Oʻsh viloyati Kara-Suu tumani hokimi Turusbek Nogoyev.

Elchibek Jantayev Prezidentning Oʻsh viloyatidagi vakolatli vakili etib tayinlandi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentning Oʻsh viloyatidagi vakili oʻrinbosari Doniyor Janiqulov pora olayotgani iddao qilingan video tarqaldi. Kara-Suu tumani hokimi Turusbek Nogoyev ham shu kadrlar orasida bor, deb xabar beradi tengrinews.kz saytida.