Qirgʻiziston taʼlim muassasalarida telefonlardan foydalanishni taqiqlamoqchi

    Mazkur chora-tadbirlar oʻquv jarayonining tinch va xavfsiz oʻtishini taʼminlash, oʻquvchilar salomatligi, ularning ijtimoiy-psixologik barkamolligini muhofaza qilish, mobil qurilmalar bilan bogʻliq muammolarning oldini olishga qaratilgan.

    Qirgʻiziston Taʼlim va fan vazirligi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Vazirlar kabinetining tegishli qarori jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi, deb yozadi Kazinform

    Mazkur chora-tadbirlar oʻquv jarayonining tinch va xavfsiz oʻtishini taʼminlash, oʻquvchilar salomatligi, ularning ijtimoiy-psixologik barkamolligini muhofaza qilish, mobil qurilmalar bilan bogʻliq muammolarning oldini olishga qaratilgan.

    Ishlab chiqilgan tartib-qoidaga koʻra, taʼlim muassasasiga kirishda har bir oʻquvchi, xodim, tashrif buyuruvchi va boshqa shaxslar telefonlarini sukut rejimiga oʻtkazishlari shart. Maktab oʻquvchilari va talabalar mobil qurilmalarini oʻchirib, sinfda yoki auditoriyada oʻrnatilgan qutilarga qoʻyishlari zarur.

    Oʻquvchilarga tabiiy ofatlar, inson hayoti va sogʻligʻiga tahdid tugʻilganda, yaqin qarindoshlarining sogʻligʻi bilan bogʻliq xabarlar olayotganda, tanaffus vaqtida, shuningdek, darslarda mobil qurilmalardan foydalanish zarurati tugʻilganda tegishli buyruq bilan tasdiqlangan reja doirasida mobil qurilmalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

    Taʼlim muassasalarida telefonlarni quvvatlantirish, videoga olish, mobil qurilmalarni boʻyniga osib qoʻyish, choʻntakda saqlash taqiqlanadi. Telefondan zoʻravonlik, shafqatsizlik va pornografiyani targʻib qiluvchi yoki taʼlim muassasasi imidjiga putur yetkazuvchi video va suratlarni boshqalarga koʻrsatish uchun foydalanish mumkin emas, shu jumladan zoʻravonlik va buzgʻunchilik sahnalarini suratga olish va keyinchalik boshqalarga koʻrsatish ham.

    Oʻqituvchilarga dars jarayonida mobil qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi, agar bu dars jarayoni bilan bogʻliq boʻlmasa.