2020-yilning 5-6-noyabr kunlari kunlari Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi.

Tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Boʻlajak muzokaralar chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.