Qirgʻiziston va Oʻzbekiston yagona pensiya stajini tan olishga kelishib oldi

    Qirgʻiziston va Oʻzbekiston pensiya yoshi uchun yetarli boʻlgan yagona mehnat stajini tan olishga kelishib oldi.

    Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari sugʻurta badallarining ikki baravar toʻlovisiz, hamda barcha sugʻurta staji hisobga olingan holda, qaysi mamlakatda yashashidan qatʼi nazar, pensiya olishlari mumkin. Bu haqda Qirgʻiziston Respublikasi Ijtimoiy fondi va Oʻzbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tomonidan kelishuv imzolandi.

    Tomonlar davlat ijtimoiy sugʻurta va pensiya taʼminoti haqida bitim loyihalarini, shuningdek, uni amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy bitimni muvofiqlashtirib oldilar. Ushbu hujjatlarda:

    pensiya belgilashda sugʻurta stajini jamlash;

    fuqarolarga pensiyani toʻgʻridan-toʻgʻri, yetkazib berish xarajatlari uchun toʻlovsiz, yetkazib berish;

    xizmat safari davomida va ish muddatini choʻzishda ikki tomonlama ushlab qolishni bekor qilish koʻzda tutilgan.

    Shuningdek, bitimlarni muvofiqlashtirishda foydalaniladigan hujjatlar shakli belgilandi, deb xabar beradi economist.kg..

    Ijtimoiy jamgʻarmada taʼkidlandiki, bitimlarning amalga oshirilishi ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishiga va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik uchun, jumladan, “Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” kabi yirik infratuzilma loyihalari doirasida ham qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi.