Qirg'iziston va Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo'ldi

    Qirg'iziston va Tojikiston chegarasida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo'ldi, deb xabar qildi Qirg'iziston seysmologiya instituti.

    Unga ko'ra, zilzila manbai Tojikiston hududida, Qirg'izistonning Qora-Teyit qishlog'idan 16 kilometr janubi-sharqda va Botken shahridan 124 kilometr uzoqlikda joylashgan.

    Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Qirg'iziston hududida yer silkinishlari oqibatida qurbonlar va vayronalar qayd etilmagan, deb xabar beradi ria.ru.