Bu haqda Qirg'iziston OAVlari xabar bermoqda.
Hujjat Prezident Administratsiyasi “Intimak Ordo”da bo'lib o'tgan ikki tomonlama uchrashuv yakunlari bo'yicha imzolandi. Shu tariqa Prezidentlar Qirg'iziston-Tojikiston chegarasidagi “Qizil-bel” va “Qayrag'och” nazorat-o'tkazish punktlarida ishni qayta tiklashga start berishdi.
“Biz ikkita nazorat-o'tkazish punktining onlayn ochilish marosimini o'tkazdik. Kelgusi davrda ikki davlatning bu boradagi iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish orqali savdo-iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan rivojlantirish bo'yicha zarur chora-tadbirlar ko'riladi”, dedi Japarov.
Bundan tashqari, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida suv-energetika infratuzilmasi, yo'l-transport infratuzilmasi, suv xo'jaligi va energetika obyektlaridan foydalanishni ta'minlash, avtomobil yo'llarini qurish va ulardan foydalanish, yo'l chorrahalarini rivojlantirish va ulardan foydalanish, qishloq xo'jaligi sohasida hamkorlik va boshqa yo'nalishlar bo'yicha qator shartnomalar imzolandi.
Chegara 2021-yilning may oyida birinchi qurolli mojarodan keyin yopilgan edi, deb xabar beradi report.az.