Unga ko'ra, birinchi zilzila eng kuchlisi bo'ldi. 2:01 da zilzila magnitudasi 5,6 ni tashkil etdi. Shundan so'ng, 4 dan 5 gacha bo'lgan yer qobig'ining navbatdagi tebranishlari sodir bo'ldi. Oxirgi yer osti silkinishi 14:17 da qayd etildi.
Seysmologlarning aniqlashicha, yer osti silkinishlari o'chog'i Xitoyda, 23-yanvar kuni 7 balli kuchli zilzila sodir bo'lgan joy yaqinida bo'lgan. Geografik jihatdan yaqinligi tufayli barcha yer osti silkinishlari Qirg'izistonda ham sezilgan. Zilzila o'chog'iga eng yaqin qirg'iz aholi punktlarida yer qobig'ining tebranish intensivligi 2,5 dan 4,5 ballgacha bo'lgan, deb xabar beradi ria.ru.
Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Qirg'iziston hududida sodir bo'lgan yer silkinishlari oqibatida hech kim qurbon bo'lmadi va jabrlanmadi.









