Bu haqda TASSga Qirg'iziston davlati rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Oqilbek Japarovni Qirg'iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etish to'g'risidagi farmonni imzoladi”, dedi matbuot xizmati vakili.
Bosh vazirning birinchi o'rinbosari Odilbek Qosimaliev Vazirlar Mahkamasi rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Qonun hujjatlariga muvofiq, respublika Vazirlar Mahkamasi tarqatib yuborilmaydi va o'z faoliyatini davom ettiradi.
Oqilbek Japarov 2021-yil oktabr oyidan boshlab Qirg'iziston hukumatini boshqarib kelayotgan edi. Uch yil ichida respublika yalpi ichki mahsuloti deyarli ikki baravar oshdi. Bosh vazir Japarov davrida mamlakatda qator yirik iqtisodiy loyihalar amalga oshirildi. Xususan, O'zbekiston tomoni ko'magida yengil va yuk avtomobillarini yig'ish zavodi ochildi, deb xabar beradi tass.ru.