Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Xalqaro hamkorlik 19 Noyabr 2021 1741

    2021-yil 19-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Qirgʻiziston Respublikasi Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Taalatbek Masadikov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Muloqot chogʻida ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro siyosat kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

    Ikki davlat rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan ochiq va ishonchli muloqot tufayli Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligining ijobiy surʼatlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Afgʻonistondagi bugungi vaziyat, uning xalqaro xavfsizlikka taʼsiri, mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi, shuningdek, afgʻon xalqiga favqulodda gumanitar yordam koʻrsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.