Qirg'izistonda 5 iyundan ichki reyslarga ruxsat berildi

    Transport 5 Iyun 2020 1584

    Kecha Respublika tezkor shtab-kvartirasi 5 iyundan mintaqalar o'rtasida ichki reyslar va transportni, shuningdek, 25 iyundan yozgi lagerlarni yo'lga qo'yishga qaror qildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

    “Kabar” Qirg'iziston Milliy axborot agentligining xabariga ko'ra, Qirg'iziston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Kubatbek Bo'ronov tegishli davlat va mahalliy hokimiyat organlari tekshirish algoritmini aniq amalga oshirish va zarur sanitariya choralariga rioya etilishini nazorat qilishga tayyor bo'lishlari kerakligini ta'kidladi.

    - Jamoat tarnsportida, yo'lovchilarda barcha saniatariya xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilinishi kerak. Niqoblarni kiyish, qo'nish paytida haroratni o'lchash majburiydir. Avtobus va mikroavtobuslarda odam tashish xavfsiz bo'lishi kerak. Biz barcha insonlar hamma sanitariya me'yorlariga rioya qilgan holda harakat qilayotganiga amin bo'lishimiz kerak, - dedi Kubatbek Bo'ronov transport va yo'llar vazirligiga tegishli ko'rsatmalar berib.

    Bosh vazirning birinchi o'rinbosari Bishkek yuqumli kasallik xavfi yuqori bo'lgan markaz bo'lib qolishini va muhim holatlarsiz poytaxtga tashrif buyurish tavsiya etilmasligini ta'kidladi.

    4 iyun` holatiga ko'ra, Qirg'izistonda 1 ming 899 nafar kishida koronavirus infektsiyasi qayd etilgan. 1 292 nafari tuzalib, 20 nafari vafot etgan.