Qirg'izistonda yetti kishini sel oqizib ketdi

    Qirg'izistonda yetti kishini sel oqizib ketdi. Ular daryo bo'yida dam olayotganida to'satdan sel kelgan.

    Besh kishining jasadi topildi. Yana ikkita odamni qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

    O'sh viloyatining bir qancha qishloqlarida birdaniga kuchli sel oqimi sodir bo'ldi. O'nlab turar-joy binolariga zarar yetdi. Mashhur dam olish maskani – Abshir-ota sharsharasi olib boruvchi yagona yo'l vayron bo'ldi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining vertolyoti va qo'shimcha qutqaruv kuchlari tabiiiy ofat yuz bergan hududga jo'natildi. Favqulodda holat e'lon qilindi. Kuchli yomg'ir tufayli qayta-qayta sel kelishi xavfi mavjud, deb xabar beradi mir24.tv.