Qonun loyihasi mualliflaridan biri, deputat Mirlan Samiykojoning 24.kgga tushuntirishicha, hujjat fuqarolarga oxiri ruscha bo'lmagan familiyalarni tanlash imkoniyatiga ega bo'lishi uchun ishlab chiqilgan. Aytish joizki, familiya va ota ismining amaldagi imlosi saqlanib qoladi, -ov, -ev, -vich, -vna qo'shimchalari qoladi, ular faqat fuqarolarning iltimosiga binoan o'zgartirilishi mumkin, deb xabar beradi 24.kg.
Qirg'iziston Respublikasining Oila kodeksiga, Qirg'iziston Respublikasining “Fuqarolik holati dalolatnomalari to'g'risida”gi qonuniga o'zgartishlar kiritish to'g'risidagi qonun loyihasida 1-moddani quyidagi mazmundagi to'ldirish taklif etiladi:
— otasining ismi bo'yicha o'g'il bolalar uchun "уулу" va qiz bolalar uchun "кызы" qo'shimchasi qo'shib yozilishi yoki bunday qo'shimchasiz yozilishi mumkin yoki o'g'il bolalar uchun otasining ismiga "дын/тын", "дин/тин", "дүн/түн" , qiz bolalarga "дан/тан", "ден/тен", "дөн/төн" qo'shimchalari qo'shiladi.