Qirg'izistonda O'RVI va gripp holatlari keskin oshdi

    Qirg'izistonda O'RVI va gripp holatlari keskin oshgani sababli 50 dan ortiq bog'cha vaqtincha yopildi, 5 ta maktab onlayn ta'limga o'tkazildi.

    SSV bergan ma'lumotga ko'ra, o'tgan haftada 37 mingdan ziyod O'RVI va gripp holati aniqlandi, 73 foiz bemorlar – bolalar.

    Eng ko'p kasallanish holatlari Bishkek va O'sh shaharlari, shuningdek Chuy va Botken viloyatlarida qayd etilgan.