Qirg'izistonda raqamli som joriy etilishi mumkin

    Bu masala mamlakat Milliy bankida ko'rib chiqilmoqda.

    Qirg'iziston Milliy bankida bo'lib o'tgan davra suhbatida raqamli som kontseptsiyasi loyihasining asosiy bosqichlari muhokamaga kiritildi, deya ma'lum qildi Kabar agentligi.

    Ta'kidlanishicha, Qirg'iziston hududida raqamli somni joriy etish bo'yicha yondashuvlar, raqamli somning afzalliklari va bundan kelib chiqadigan muammolar, uning aholiga ta'sir etishi mumkin bo'lgan omillari ko'rib chiqilmoqda.