“Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Bozor-Qo'rg'on tumani Arstanbop qishlog'ida kuchli yog'ingarchilik tufayli sel yuzaga keldi”, deyiladi xabarda.
Suv va loy massasi 22 ta avtomashinani oqizib ketdi va xo'jalik ichidagi yo'llarni suv bosdi. Halok bo'lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma'lumotlar yo'q.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat markazi Jalolobod shahri shaxsiy tarkibi hamda vazirlikning Suzoq va Bozor-Qo'rg'on tumanlaridagi boshqarmalari xodimlari ogohlantirilib, voqea joyiga jo'natildi, deb xabar beradi tass.ru.