Urmatbek Shamirkanov Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi. U fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlarga javob beradi va jamoat xavfsizligini nazorat qiladi.
Talantbek Soltobayev transport va kommunikasiyalar vaziri etib tayinlandi. Yo'l infratuzilmasini rivojlantirish, transport logistikasi va mamlakat kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish uning vazifalariga kiradi.
Akil Toktobayev Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri etib tayinlandi. Yangi vazir tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik siyosat va texnik xavfsizlikni nazorat qiladi.
Tegishli farmonlar imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi.
16-fevral kuni davlat rahbari vazirliklarning avvalgi rahbariyatini lavozimidan ozod qilgan edi, deb xabar berdi 24.kg.