Bu haqda Vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur tonnellar “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishining asosiy inshootlari hisoblanadi. Har bir tonnelning uzunligi 12 km.dan oshadi.
Shuningdek, ishchi guruh Makmal temir yoʻl stansiyasi oʻrnida qurilishi rejalashtirilgan yangi stansiya loyihasi va qurilish maydoni hamda Yangi Jalolobod temir yoʻl stansiyasi qurilishi loyihasi bilan yaqindan tanishdi.
Eslatib oʻtamiz, 30-iyun kuni Qirgʻizistonda Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston xalqaro temir yoʻlining butun uzunligi boʻylab toʻliq hajmdagi qurilish ishlari rasman boshlandi. Ushbu loyiha eng murakkab muhandislik inshootlaridan biri hisoblanib, temir yoʻllarning 40 foizga yaqini tonnel va koʻpriklar orqali oʻtadi.
Shuningdek, vazir I.Mahkamov Qirgʻiziston Transport va kommunikatsiyalar vaziri oʻrinbosari A.Turgunbayev, “Qirgʻiz Temir Jolu” Milliy kompaniyasi Bosh direktori oʻrinbosari N. Arapbayev, “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻl kompaniyasi bosh direktori Chjou Sin va EPC pudratchi tashkilotining bosh direktori Chjan Ey Tao ishtirokida qurilish jarayonining borishini muhokama etib, tegishli masalalar yuzasidan fikr almashdi.









