Qirg'izistonda xorijiy valyutani mamlakatdan naqd holda olib chiqish vaqtinchalik taqiqlandi

    Yangi qarorga ko'ra, rezident bo'lmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar naqd ko'rinishda 5 ming AQSH dollardan ko'p miqdorda valyuta olib chiqib keta olmaydi.

    Mamlakat moliyaviy-iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, ichki valyuta bozorini barqarorlashtirish hamda Qirg'iziston Respublikasi milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan mazkur qarorni vazirlar mahkamasi raisi Aqilbek Japarov imzolagani aytilmoqda.

    Yangi qarorga ko'ra, rezident bo'lmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar naqd ko'rinishda 5 ming AQSH dollardan ko'p miqdorda valyuta olib chiqib keta olmaydi.

    Rezident va Qirg'iziston fuqarolari esa mamlakat tashqarisiga 10 ming AQSH dollaridan ko'p miqdorda xorijiy valyuta olib chiqishi mumkin emas.

    Agar rezidentlar va Qirg'iziston fuqarolari chetga 10 ming AQSH dollaridan ko'p valyuta olib ketadigan bo'lsa, ortiqcha valyuta uchun 10 foizlik to'lovni amalga oshirishi kerak, deyiladi“Kabar” agentligi e'lon qilgan xabarda.