Qirg'izistonning O'sh viloyatida 11-martdan 12-martga o'tar kechasi sodir bo'lgan zilzila oqibatida 40 ga yaqin bino, jumladan, turar-joy binolari, maktablar va bolalar bog'chasi qisman zarar ko'rdi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Tabiat hodisasi bir qator turar-joy binolari va ijtimoiy obyektlarga zarar yetkazdi. Yaxshiyamki, inson hayotiga hech qanday xavf tug'dirmadi”, deyiladi xabarda.
Yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, 25 ta turar-joy binosi zarar ko'rgan, ulardan biri “halokatli va yashash uchun xavfli” deb e'lon qilingan, shuningdek, 12 maktab, bolalar bog'chasi va poliklinikaga zarar yetdi.
Favqulodda hodisa joyida “zararni baholash va jabrlanganlarga yordam ko'rsatish” ishlari davom etmoqda. “Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha tegishli tuzilmalari vaziyatni nazorat qilib, zudlik bilan zarur choralarni ko'rmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qirg'izistonda 12-martga o'tar kechasi sodir bo'lgan zilzila kuchi epimarkazida 4,9 ballni tashkil qilgan, deb xabar beradi tass.ru.