“Kabar” Qirgʻiziston milliy axborot agentligi “Elektr stansiyalar” OAJ maʼlumotiga tayanib maʼlum qilishicha, suv oqimi sekundiga 165 kub metr, oqim tezligi esa sekundiga 423 kub metrni tashkil qilmoqda.
Oʻtgan yilning ushbu davrida suv hajmi 7 milliard 898,45 million kub metrni, suv sarfi sekundiga 286 kub metrni, oqim esa 198 kubometrni tashkil etgan edi.
Eslatib oʻtamiz, “Toʻqtoʻgʻul” suv ombori oʻtgan asrning 70-yillari oʻrtalarida qurilgan boʻlib, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qozogʻistonda suv isteʼmoliga taʼsir koʻrsatmoqda. Suv omborining loyihaviy hajmi 19,5 milliard kub metrga teng.
“Kabar” xabariga koʻra, avvalroq Qirgʻiziston energetika vazirining oʻrinbosari Talaybek Baygaziyev “Toʻqtoʻgʻul” suv omboridagi suv hajmi “oʻlik” darajaga yetishi xavfi haqida maʼlum qilgan. Uning aniqlik kiritishicha, “oʻlik” hajm salkam 6,5 milliard kub metrni tashkil qiladi.
2024-yilda “Toʻqtoʻgʻul” suv omboridagi vaziyat soʻnggi 5-yildagi eng ogʻir holatga kelib qolgan. 2-fevral kuni Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz berdi va Qirgʻizistondagi gidroelektr stansiyalar yukining oshishiga sabab boʻldi. Shuningdek, bu mazkur suv omboridan suvning chiqish hajmini keskin ortirdi.