Qirg'iziston aeroportlariga uchib keladiganlar uchun qoidalar o'zgargan, deb xabar beradi «Novosti Kыrgыzstana», koronavirusga qarshi kurash Respublika shtabi ma'lumotlariga tayanib.
Virus mamlakat ichkarisida aylanayotganini, tashqaridan kelayotganlar orasida kamdan-kam uchrayotganini inobatga olib, undaylar uchun qoidalar o'zgartirilgan. Uchib kelganlar koronavirusga test topshirishlari kerak bo'lmaydi, ular tibbiy kuzatuvga olinmaydilar. Yo'lovchilar tegishli anketalarni to'ldiradilar, mobil ilovaga kiritadilar va uylariga qaytadilar.
Virus yoki gripp alomatlari aniqlanganda ular yashash manzili bo'yicha shifokorga murojaat qilishlari kerak bo'ladi.