Qirgʻizistonlik vazir oʻrinbosari bilan uchrashuv tashkil etildi

    Uchrashuv avvalida Qirgʻizistonning madaniyat, axborot, sport yoshlar siyosati vaziri oʻrinbosari Ch. Yesengul uulu Oʻsh shahrida Bobur nomidagi oʻzbek drama teatri binosini taʼmirlashdagi koʻrsatilayotgan yordami uchun Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorlik izhor etdi.

    Oʻzbekiston vakillarini Oʻsh shahrida Bobur nomidagi oʻzbek drama teatri binosining ochilish marosimiga taklif etilishi rejalashtirilganligi haqida xabar berdi. Uchrashuv davomida soʻnggi yillarda ikki davlat rahbarlarining tashabbusi bilan mamlakatlarimiz oʻrtasida madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlik rivojlanayotganligi eʼtirof etildi.

    Shuningdek, joriy yilning noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Qirgʻiz Respublikasi madaniyat kunlari” tadbirlariga tayyorgarlik holati hamda tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.