Qirgʻizistonning 4 ta pansionati Oʻzbekistonga berildi

    Qirgʻiziston ushbu obyektlarga egalik huquqini Oʻzbekistonga oʻtkazadi. Oʻzbekiston esa ushbu obyektlarga boʻlgan mulk huquqini amalga oshirish uchun vakolatli tashkilotlarni belgilaydi.

    Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumatlari oʻrtasida Issiqkoʻl viloyatida joylashgan kurort va dam olish maskanlari toʻgʻrisidagi bitimni tasdiqladi.

    Hujjat koʻl qirgʻogʻida joylashgan rekreatsiya zonalariga egalik huquqini tartibga solish, shuningdek, ularning keyingi faoliyatini taʼminlash uchun moʻljallangan.

    Roʻyxatga “Markaziy Osiyoning oltin qumlari” (sobiq “Bosteri”), “Rohat-NBU” (sobiq “Raxat”), “Dilorom” (sobiq “Enesay”), shuningdek, qurilishi tugallanmagan “Boʻston” pansionatlari kiritilgan.

    Maʼlumot uchun: Bitim 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida imzolangan.