Qirg'izistonning At-Bashi tumanida qor yog'ishi sababli favqulodda holat joriy etildi

    Qirg'izistonning At-Bashi tumanida kuchli qor yog'ishi sababli favqulodda holat joriy etildi.

    O'nlab cho'ponlar tashqi dunyodan uzildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari hozirda yo'llarni tozalash, odamlarga oziq-ovqat va chorvaga esa emishlarini yetkazib berish ishlarini tashkillashtirmoqda.

    Avvalroq Qirg'iziston tog'larida kuchli qor yog'ishi oqibatida 2500 ga yaqin qo'y va sigirlar o't va yemishsiz qolib ketgani xabar qilingandi. Jonivorlar yozgi yaylovlarga ko'chirildi. Ammo qish mintaqaga qaytib keldi, o't-o'lanlar 30 santimetr qor qatlami ostida qolib ketdi, mollarni boqish muammoga aylandi, deb xabar beradi mir24.tv.