Oʻzbekistonlik qoʻli gul bunyodkorlar eng zamonaviy maktabni qisqa fursatlarda qurib, jihozlab berdilar. Taʼlim muassasidagi barcha sinf xonalari shinam va yorugʻ, qulay zamonaviy partalar, soʻnggi rusumdagi kompyuter xonalari bilan taʼminlandi. Shuningdek, maktabning oshxonasi, sport va faollar zallari ham zamon talablari asosida jihozlandi.

Mazkur maktabning ochilish marosimida onlayin videokonfrensiya tartibida Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Akыlbek Japarov qatnashdi.

Unda hamkorlikdagi bunday tadbirlar ikki qardosh xalqlar doʻstligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga alohida taʼkidlab, oʻzaro hamkorlik kengayib borayotganiga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Zamonaviy yangi maktabning ochilish tantanalarida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev ham qatnashib, hukumatlar rahbarlari roziligi bilan maktabning ramziy tasmasini qirqdilar.

Tadbir yakunida maktab oʻquvchilari oʻzlari tomondan tayyorlangan konsert dasturlari bilan mehmonlarni xushnud etdilar.