Kartoshka hosili loy qatlami ostida qolib ketdi, xo'jalik binolari vayron bo'ldi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo'q. 100 dan ortiq qutqaruvchi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etmoqda. Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi tog'li va tog'oldi hududlarida yana sel kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Bir kun avval Issiqko'l viloyatining shimolidagi Korumdu qishlog'ida loy oqimi yuzaga keldi. Bunga yaqin atrofdagi tog'larda kuchli yomg'ir yog'ishi sabab bo'ldi. Qishloq Qorako'l shahri yaqinida, Issiqko'lning sharqiy qirg'og'ida joylashgan. Unda olti mingga yaqin aholi istiqomat qiladi, deb xabar beradi mir24.tv.