Qirgʻizistonning Oʻsh shahriga Oʻzbekistonning birinchi bosh konsuli tayinlandi

    Xalqaro hamkorlik 20 Noyabr 2023 1279

    Oʻzbekistonning yangi tayinlangan bosh konsuli Zafarbek Ahmedov bugun Qirgʻizistonning Oʻsh shahriga yetib bordi.

    U shu paytga qadar Konsullik-huquqiy departamenti boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelgan. Diplomat 54 yoshda. Xorazm pedagogika institutini (1992-yildan boshlab Urganch davlat universiteti) tamomlagan.

    Oʻtgan yillar davomida maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, TIV tizimida, jumladan, Pokistondagi elchixonada turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisining maslahatchisi boʻlib ishlagan.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning Oʻsh shahridagi Bosh konsulligi 2022-yilda ochildi. Konsullik okrugiga Qirgʻizistonning Botken, Jalolobod va Oʻsh viloyatlari kiradi.