Qirgʻiziston—Oʻzbekiston chegarasidan 1-sentabrdan ID-karta orqali oʻtish mumkin

    Xalqaro hamkorlik 25 Avgust 2023 2383

    2023-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish haqida Bayonnoma (Bishkek shahri, 2023-yil 27-yanvar) kuchga kirdi.

    Shuni qayd etish lozimki, ikki davlat hududiga kirish, undan chiqish, tranzit oʻtish, harakatlanish va unda boʻlib turish uchun identifikatsiya ID -kartasidan amalda foydalanish oʻzaro kelishuvga koʻra, 2023-yil 1 syentyabr soat 00:00dan boshlab yoʻlga qoʻyiladi.

    Bayonnoma bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, ikki davlat fuqarolari uchun Davlat chegarasini kesib oʻtishning soddalashtirilgan yagona tartibi joriy etildi.

    Jumladan, bundan buyon Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari 60 kungacha identifikatsiya ID-kartasi bilan ikki davlat hududlariga kirishlari, harakatlanishlari va unda boʻlib turishlari mumkin.

    Oʻzbekiston fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti bilan Qirgʻiziston Respublikasiga kirish, undan chiqish va tranzit orqali boshqa davlatlarga oʻtishlari mumkin.