Qirgʻovul ovlagan ovchi ovchilar safidan chetlashtirildi

    Joriy yilning 1-yanvaridan Toshkent viloyatida yovvoyi hayvonlar va qushlar uchun ov mavsumi yakunlangan.

    Shunga qaramay, mazkur ekologik nazorat tadbirida fuqaro J.X. tomonidan ov qilish taʼqiqlangan vaqtda noqonuniy tarzda 2 dona qirgʻovul ovlaganligi aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, MJtKning 90-moddasi 4-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga sud tomonidan tegishli tartibda chora koʻriladi. Huquqbuzarning hayvonot dunyosiga yetkazgan zarar summasi hisoblab chiqildi va jarima chorasi qoʻllanildi.

    Ovchining huquqbuzarligi uchun berilgan jazo bu bilan cheklanmadi. Ovchining ov quroli Chinoz tumani Ichki Ishlar boʻlimiga sudning yakuniy qaroriga qadar vaqtincha topshirildi.

    Davlat inspektorlari Toshkent Ovchilar va baliqchilar jamiyatiga mazkur holat boʻyicha tegishli tartibda xat chiqarib, bunday holatda ovchi J.X. ov taʼqiqlangan vaqtda ov qilganligi uchun 3-yildan 5-yilgacha ovchilar safidan chetlashtiriladi.