Qishning birinchi kunlari mamlakatimiz aholisini anomal iliq ob-havo bilan qutlaydi, 1-2-dekabrda xorijiy janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, harorat kechalari 6-9° iliqqacha, kunduz kunlari 17-22° iliqqacha koʻtariladi, bu dekabr oyi boshi uchun boʻlgan meʼyordan 8-11° ga yuqoridir.

Faqat 2-dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

3-dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikamizning qolgan hududlariga tarqaladi. Respublikaning ayrim tumanlarida (shimoliy hududlar va Fargʻona viloyatidan tashqari) biroz yomgʻir yogʻishi ehtimoli istisno emas. 3-dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham meʼyordan yuqori boʻladi. Kunduz kunlari havo harorati 3-18° iliqni tashkil etadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.