Qishloq xoʻjaligi korxonalari qoʻllab-quvvatlanadi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.

    Unga muvofiq, qishloq xoʻjaligida soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini soddalashtirish va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlariga soliq yukini mamlakatimiz hududlari oʻrtasidagi iqtisodiy qisqartirish, tumanlar va shaharlarni ularning sharoitlari, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yanada rivojlantirish maqsadida:

    • maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun ikki baravar miqdorida yer soligʻini hisoblash tartibi bekor qilinadi;
    • shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun yer soligʻini amaldagi qonunchilikdan kelib chiqib hisoblash tartibi oʻrnatiladi.

    Qarorga koʻra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.