О`zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida og'irligi 100 kilogacha bo'lgan dronlardan foydalanishga ruxsat berildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoni qabul qilindi, deb xabar qildi Norma.uz.
Shu yil fevral` oyidan O'zbekistonda qishloq xo'jaligida erlarni nazorat qilish va ekinlarni monitoring qilish uchun dronlardan foydalanish boshlangan edi. Davlat rahbari SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ushbu chora ilk bor Jizzax viloyatida amalga oshirildi. “Jizzax Organic” kompaniyasi O'zbekiston fuqaro aviatsiyasi agentligidan uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarishga ruxsat oldi.