Bu Prezidentning “Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish mexanizmini samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoni (PF–223-son, 21.11.2025-y.) da maʼlum qilindi.
Farmonga koʻra, qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- tabiiy va texnogen ofatlar, yongʻin, zararkunanda va kasalliklar taʼsirida oʻsimlik hamda hayvonlarga yetkazilgan zararlarni qoplab berish;
- qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 20 foizga oshirish va qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning xavflarini kamaytirish.
Farmonga koʻra, Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Klaster, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining imtiyozli kreditlar boʻyicha qarzdorliklari qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklari sugʻurtasi shartnomasi boʻyicha qoplanmaydi.
Shuningdek, 2025-yil yakunigacha Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi axborot tizimi ishga tushiriladi.








