Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bogʻdorchilik, uzumchilik, issiqxona xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
  • 2024–2027-yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichlari.

Agentlik tomonidan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat yoʻnalishidagi subsidiyalar turlari maqbullashtiriladi.

Bunda:

2025-yil 1-yanvardan:

  • intensiv mevali bogʻ va uzumzorlarda tomchilatib sugʻorish tizimlari oʻrnatgani uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million soʻmdan oshmagan miqdorda belgilanadi;
  • suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash uchun subsidiya suv quvurlarining oʻlchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming soʻmdan 250 ming soʻmgacha belgilanadi;
  • “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli koʻchatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi;
  • ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi.

koʻchat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024-yil 1-oktyabrdan bekor qilinadi.