Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar oʻzaro doʻstlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.

Soʻnggi yillarga eʼtibor qaratilsa, Oʻzbekiston-Xitoy oʻzaro tovar aylanmasi qariyb 40 foizga oshgan. Investitsion loyihalar 5 barobarga oshgan boʻlsa, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi qoʻshma hamkorlik korxonalari soni 3 barobarga koʻpaygan. Albatta bularning barchasi bugungi iqtisodiy rivojlanishning yagona koʻrinishidir.

Bugun, Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan Oʻzbekiston elchixonasida boʻlib oʻtayotgan “Oʻzbekiston-Xitoy agrar taʼlim forumi”da ham ayni shunday hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʻz navbatida ilm-fanni rivojlantirish orqali qishloq xoʻjaligida yangicha qarash, yangicha munosabatlarga ishonch bildirgan holda davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirayotgan tashrifi keng koʻlamli islohotlarning izchilligini taʼminlashda alohida oʻrin tutishi qayd etib oʻtildi.

Aytish kerakki, Xitoy Oʻzbekiston bilan koʻp tomonlama amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlib, bu ham aynan Xitoylik hamkorlarning Oʻzbekistonga qiziqishining nihoyatda kuchli ekanligidan dalolat beradi.

Ayniqsa oxirgi yillarda “Bir makon, bir yoʻl” dasturi doirasida Xitoy mamlakatini, nafaqat ichki rivojlanishi, balki mintaqada katta qadam tashlayotgani Xitoyning olib borayotgan siyosati Oʻzbekiston siyosati bilan bilan hamohangligi hamda keyingi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni taʼminlashdagi tashabbuslarni belgilab beradi.
Yana bir jihati esa, davlatimiz rahbarining bu galgi davlat tashrifi davomida kutilayotgan yuqori bosqichdagi uchrashuvlari va kelishuvlari loyihalari ikki mamlakatning uchun ham manfaatli boʻlishi bilan ahamiyatlidir. Bu tashrif nafaqat Oʻzbekiston, balki Xitoy Xalq Respublikasida ham keng muhokamalarga sabab boʻlayotgani bor gap. Bu ham aynan Xitoylik hamkorlarning Oʻzbekistonga qiziqishining nihoyatda kuchli ekanligidan dalolat beradi.

Muxtasar aytganda, mazkur forum doirasida 34 ta hamkor tashkilotlar bilan qishloq xoʻjaligi fanlarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Chunonchi, Xitoyning keyingi yillarda qishloq xoʻjaligi, ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi yoʻnalishidagi qoʻlga kiritgan yutuqlari, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalarini mamlakatimizda ham joriy etish borasida kelishuvlar imzolandi.
Umuman olganda yangi texnologiyalarning Oʻzbekistonga kirib borishi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, gʻoʻza seleksiyasi, umuman chigitdan olinadigan mahsulot turlarini kengaytirish boʻyicha alohida loyiha va qoʻshma laboratoriya qurish hamda qoʻziqorin yetishtirishni mamlakatimizda joriy etish boʻyicha Xitoy tajribasi oʻrganilmoqda.
Aytish kerak, baliqchilik sohasida Xitoyda juda ham katta maktab mavjud. Ayniqsa, baliq kasalligiga qarshi kurashishning yangi texnologiyalari, umuman hayvon kasalliklarini oldini olish borasida vaksinaga boʻlgan talabni qondirish maqsadida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan.
Bu kabi hamkorlik Prezidentimiz taʼkidlaganidek, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni kengaytirish, mahsulotlar tannarxini kamaytirish, Xitoy tajribasi orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va oziq-ovqatni isrof boʻlmasligi, agrologistika platformalari orqali ularni saqlagan holda, eksport hajmini oshirish boʻyicha katta qadamlar tashlanmoqda.
Zero, mazkur tashrif nafaqat qishloq xoʻjaligi, balki barcha sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun debocha boʻlib xizmat qiladi.