Ma'lumki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a'zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko'rib chiqiladi.

2022 yil 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Unda xalq vakillari O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri lavozimiga Aziz Voitov nomzodini ko'rib chiqdilar va ma'qulladilar.

U shu vaqtga qadar Investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Aziz Voitov 1980-yilda tugʻilgan. 2001-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2010-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasining “Biznes boshqaruvi” mutaxassisligini tamomlagan.

Shuningdek, u 2017—2020-yillar oraligʻida  “Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki” ATB boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.