Qishloq xoʻjaligida oʻquv-tajriba xoʻjaliklari tashkil etiladi

    Agrosektor 29 Sentabr 2022 765

    Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentyabrdagi “Qishloq xoʻjaligi sohasida oʻquv-tajriba xoʻjaliklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 527-con qarori qabul qilindi.

    Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

    - tashkil etilayotgan oʻquv-tajriba xoʻjaliklari uchun 279 gektar yer maydonini ajratish;

    - ushbu yerlarni 30 yil muddatga ijara huquqida berish;

    - ushbu yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va yetishtirishni tashkil etish, monitoring qilishning ilmiy asoslangan usullarini qoʻllash;

    - spektorli kameralar bilan jihozlangan dronlarda olingan suratlarga ishlov berish orqali qishloq xoʻjaligi ekinlarini monitoring qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

    Shuningdek, hujjat 1 089 gektar sugʻorilmaydigan yer maydonlarini Chimboy tuman hokimligi (Qoraqalpogʻiston) zaxirasiga qaytarish va keyinchalik ochiq elektron tanlov asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratishni koʻzda tutadi.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2022-yil 28-sentyabrdan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.