Yer egalari, fermer xo'jaliklari, eksportyor, importyorlar uchun yangilangan "Agroko'makchi" maxsus mobil ilovasi ishga tushirildi.
Endi fermer yoki dehqonlar zarurat bo'lganda telefon orqali o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin. Buning uchun “Agroko'makchi” mobil ilovasining o'zi yetarli.
Mobil ilovada
➖zararli organizmlar, begona o'tlar haqida batafsil ma'lumot;
➖ ularga qarshi kurashish bo'yicha tavsiyalar;
➖ sinov va ro'yxatdan o'tgan o'simliklarni himoya qilish vositalari va mineral o'g'itlar;
➖ eksport uchun ochilgan bozorlar;
➖ hududlarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar;
➖ tuproqni agrokimyoviy tahlilini o'tkazuvchi laboratoriyalar;
➖ o'simlik klinikalari;
➖ qadoqlovchi korxonalar va boshqa foydali ma'lumotlar jamlangan.
Xarita orqali zararlangan maydonni belgilab, karantin inspektorini chaqirish va uning faoliyati haqida “Inspektorni baholash tizimi” orqali izoh qoldirish ham mumkin.
“Qidiruv” menyusi yordamida ma'lumotlarni osongina topib olish mumkin bo'ladi.