Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, maxsulotlarni qayta ishlash va standartlash fakulteti, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi, standartlash va sertifikatlash kafedrasida “Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ozuqaviy xavfsizligini taʼminlashning rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada bir nechta rivojlangan xorij oliy taʼlim muassasalari ishtirok etishdi, jumladan Latviyaning Tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti, Polshaning Krakov Agrar universiteti, Litvaning Kaunas qishloq-xoʻjalik akademiyasi, Ukrainaning Milliy agrar fanlar akademiyasining Sabzavot va polizchilik instituti; Belorussiyaning Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasi; Rossiyaning Xalklar Doʻstligi universiteti; Tashkent davlat agrar universiteti; Andijon, Fargʻona OTMlari va SamDVMCHBU professor-oʻqituvchilari, doktorant, magistr va talabalar ishtirok etishdi.
Konferensiyada bugungi kunda dolzarb boʻlgan organik qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, “polizdan dasturxongacha” boʻlgan zanjirda maxsulot sifatini boshqarish va nazorat qilish muammolari va yechimlari muhokama qilindi. Organik maxsulotlarni ishlab chiqarishda innovatsion usullar va texnologiyalarni joriy etish, organik mahsulotlarni ishlab chiqarishda ilgʻor tajribalarni joriy etish yullari, yangi ilmiy va amaliy xalqaro loyihalarni ishlab chiqarish boʻyicha yangi gʻoyalar xususida fikr almashildi.
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarining ozuqaviy havfsizligini taʼminlashda logistik markazlarining ahamiyati, mahsulotlarni qadoqlash materiallarining sifatga taʼsiri va ishlab chiqarishda sifatni boshqarish xalqaro tizimlarini joriy etish muhimligi ilmiy asolangan ishlar bilan taqdimot qilindi.
Xalqaro standartlarni Global GAP, ISO 22000, HACCP ishlab chiqarishga joriy etilishi ichki va tashqi bozor - isteʼmolchilarni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash bilan birga mamlakatimizning ekspert salohiyatini oshirish imkoniyatlari koʻrsatildi.
Axborot xizmati