Aholi hamda ijtimoiy soha ob'ektlari uchun qulay shart-sharoit yaratishda issiqlik va issiq suv ta'minoti bo'yicha uzluksiz va sifatli xizmat ko'rsatish eng muhim omillardan biri sanaladi.
Ko'p kvartirali uylarni va ijtimoiy soha ob'ektlarinii joriy yil kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta'minlashni tashkil etish maqsadida uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi hududiy issiqlik ta'minoti korxonalari barcha kuch va imkoniyatlarini safarbar etgan holda kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat olib bordi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmalari bilan birgalikda kuz-qish mavsumida issiqlik ta'minoti tarmoqlarida yuzaga keladigan avariya holatlarini o'z muddatlarida sifatli bartaraf etish maqsadida, barcha issiqlik ta'minoti korxonalarida kunu-tun faoliyat yuritayotgan dispetcherlik va avariya xizmatlari navbatchiligi yo'lga qo'yildi.
Xar bir dispecherlik xizmatlari tarkibida brigadalar hamda maxsus-texnikalar shay qilib qo'yildi. Shuningdek, xar bir viloyat uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmalari ma'sul xodimlaridan iborat 24 soatlik navbatchiliklar tashkil etilgan bo'lib, ular tomonidan kelib tushgan murojaatlar o'z vaqtida bartaraf etilgan. Ayrim vaqt va mablag' talab etuvchi murojaatlar ma'lum muddat ichida o'zining ishchi holatiga keltirildi.
Respublikamiz miqiyosida jami 37 400 ta ko'p kvartirali uylar mavjud bo'lib, shundan 16 394 tasi (44%) markazlashgan va induvidual (ikki konturli) issiqlik tizimi ta'minoti hamda qolgan 21 006 tasi (56%) alternativ usulda, ya'ni qo'lbola pechlar, golland pechlari, issiq suv kolonkalari, elektr isitgichlar yoki boshqa turdagi loyihasiz isitish tizimidan foydalanib kelmoqdalar.
Respublikadagi mavjud 648 ta qozonxonalardan 495 ta (76%) qozonxona faoliyat yuritib kelmoqda, shundan 153 ta (24%) qozonxona nosoz xolatda deb topilgan.
Mavjud 4 250 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarining 1 440 km (34%) qismi soz, 2 810 km (66%) uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari esa ma'nan va jismonan eskirgan bo'lib, ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan. Achinarlisi shundaki, mavjud eskirgan tizim va uskunalar energiya resurslarini ko'p sarflayotgani oqibatida qozonxona uskunalarining foydali ish koeffitsienti 80%ni tashkil etib, xarajatlarning me'yordan ortib ketishiga, natijada esa, xizmatlar sifati va samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PQ-4565-sonli qaroriga asosan, 2020-yilda 111,9 mlrd.so'm mablag'lar hisobidan 5 ta ob'ektlarda modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi. Mazkur ishlarni amalga oshirish natijasida 370 ta ko'p kvartirali uy hamda 26 ta ijtimoiy soha ob'ektlari issiqlik ta'minoti yaxshilanishiga erishildi.
2020-2021-yil kuz-qish mavsumida issiqlik ta'minoti sohasida mukammal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida, 9 251,7 mln.so'm mablag'lar hisobidan 64 ta ob'ektlardagi mukammal va joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
2020-yil mavsum boshidan 2021-yil aprel oyiga qadar jami 1 237 ta avariya holatlari aniqlandi. Shundan, 282 tasi issiqlik tarmoqlaridagi avariya holatlari, 261 tasi gaz ta'minotidagi uzilishlar, 248 tasi elektr ta'minotidagi uzilishlar, 236 tasi suv ta'minotidagi uzilishlar va 210 ta holat boshqa sabablar natijasida (xonadonlar ichki issiqlik ta'minotidagi avariya holatlari) yuzaga kelgan. Ushbu avariya holatlarini bartaraf etish yuzasidan “Hududgazta'minot” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga kelib barcha viloyatlarimizda 2020-2021-yil kuz-qish mavsumi yakunlandi.
Issiqlik ta'minoti sohasida modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi 19-noyabrdagi 145-sonli Rayosat Majlisining bayoniga asosan 100,0 mlrd.so'm mablag'lar hisobidan 5 ta obyektlarda modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, 2021-yilda barcha ob'ektlarda dastlabki ishlar boshlab yuborilgan. Xususan;
Yangiyo'l shahridagi RK-1 markaziy qozonxonasini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish doirasida horijiy ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzilgan. Hozirgi kunda issiqlik quvurlarining ustunlari uchun mahalliy qurilish materiallari olib kelindi.
Yangiyo'l shahridagi "Turon" markaziy qozonxonasini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish doirasida horijiy ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzilgan. Xozirgi kunda issiqlik quvurlarining ustunlari uchun mahalliy qurilish materiallari va PPU quvurlarning umumiy hajmiga nisbatan 75% olib kelindi.
Samarqand shahridagi "RK-1" markaziy qozonxonasini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish doirasida horijiy ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzilgan. Xozirgi kunda issiqlik quvurlarining ustunlari uchun mahalliy qurilish materiallari va PPU quvurlarning 70% olib kelindi.
"Farg'ona issiqlik manbai" AJ orqali Marg'ilon shahridagi 130 ta ko'p xonadonli uylarni issiqlik bilan ta'minlash ishlarini amalga oshirish doirasida PPU quvurlarning 90%, ITP qurilmalarini 100% olib kelingan. Xozirgi kunda mavze ichki issiqlik tik quvurlari 30 % ga o'rnatilib, nasos stantsiyasi binosining qurilish ishlari davom etmoqda.
Keles shahri “Ozodlik” MFYdagi ko'p kvartirali uy-joylarning isitish tizimi bilan ta'minlash loyihalarida belgilangan 2 ta turli quvvatdagi qozonlar o'rnatilib, issiqlik tarmoqlaridagi qurilish uchun zarur bo'lgan materiallar olib kelindi.
Ushbu amalga oshiriladigan loyihalar doirasida energotejamkor 23 ta qozon, 385 ta IIP o'rnatish hamda 59,3 km penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolyatsiyali va himoya qobig'iga o'ralgan quvurlarni yotqizish rejalashtirilgan bo'lib, buning natijasida 417 ta ko'p kvartirali uylar va 28 ta boshqa turdagi va ijtimoiy soha ob'ektlari issiqlik energiyasi bilan ta'minlanadi.
2021-2022-yil kuz-qish mavsumida aholiga issiqlik ta'minotini sifatli hamda uzluksiz yetkazib berilishini ta'minlash hamda issiqlik ta'minoti sohasida mukammal ta'mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida Respublika byudjetidan 23,0 mlrd.so'm mablag'lar ajratilgan bo'lib, bugungi kunda manzilli ro'yxatlar shakllantirib borilmoqda.
Jahon banki ishtirokida qiymati 140,0 mln. dollar bo'lgan “Andijon, Chirchiq, Buxoro, Samarqand va Toshkent shahar (Sergeli tumani)larida markazlashtirilgan issiqlik ta'minoti tizimini rekonstruktsiya qilish va energiya samaradorligini oshirish” loyihasinining dastlabki bosqichi CHirchiq shahrining “Yubileynaya” qozonxonasida 3 bochqichdan iborat modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish ishlari boshlab yuborilgan.
Loyiha doirasida xozirgi kunda foydalanib kelinayotgan issiqlik ta'minotining ochiq tarmoqli tizimdan yopiq tarmoqli tizimga o'tish va isitish tizimda zamonaviy texnologiyani tadbiq etish orqali 1 855 ta ko'p kvartirali uylaridagi 84 786 ta xonadon hamda 193 ta ijtimoiy ob'ektlar issiq suv va issiqlik energiyasi bilan qamrab olinadi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda issiqlik manbalariga kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etgan holda “Buxoro, Farg'ona, Quvasoy, Nukus va Urganch shaharlarida markaziy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish”, shuningdek, magistral va taqsimlovchi issiqlik tarmoqlarini almashtirishni nazarda tutuvchi qiymati 780,4 mln.dollar bo'lgan loyihani amalga oshirish bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Angren shahri issiqlik tizimlarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish, Sirdaryo viloyati Shirin shahrida GeS tomonidan ishlab chiqarayotgan issiqlik energiyasidan samarali foydalanishni inobatga olgan holda Shirin shahridagi 72 ta ko'p kvartirali uylar hamda boshqa ob'ektlarni markazlashgan issiqlik ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida texnik iqtisodiy asoslari (TIA) ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda ko'p kvartirali uylarni hamda ijtimoiy soha ob'ektlarini kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, mavjud qozonxonalarni barqaror ishlashi uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etgan holda kelgusi mavsumga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.
“Qish g'amini yozda ko'r” iborasiga amal qilgan holda, avariyalarni bartaraf etish emas balki oldini olish choralari ko'rimog'imiz lozim.
Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi matbuot xizmati