Ayni vaqtga qadar viloyat boʻyicha 39 ta, jumladan:

Ishtixon tumanida — 16 ta;

Samarqand shahrida — 5 ta;

Oqdaryo, Bulungʻur tumanlarida — 4 tadan;

Nurobod tumanida — 3 ta;

Samarqand, Jomboy tumanlarida — 2 tadan;

Tayloq, Narpay tumanlari va Kattaqoʻrgʻon shahrida — 1 tadan mahalla komplekslari qurib foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, 75 ta, jumladan:

Samarqand shahrida — 12 ta;

Ishtixon tumanida — 10 ta;

Pastdargʻom tumanida — 9 ta;

Payariq tumanida — 8 ta;

Bulungʻur, Kattaqoʻrgʻon tumanlarida — 6 tadan;

Paxtachi, Oqdaryo, Urgut tumanlarida — 5 tadan;

Narpay, Qoʻshrabot, Tayloq, Samarqand tumanlarida — 2 tadan;

Jomboy tumanida — 1 ta mahalla komplekslarining qurilish jarayonlari davom etmoqda.

2021-yilning birinchi choragi davomida mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 87 ta,jumladan:

Kattaqoʻrgʻon shahrida — 36 ta;

Kattaqoʻrgʻon tumanida — 30 ta;

Jomboy tumanida — 18 ta;

Oqdaryo tumanida — 2 ta;

Samarqand shahrida — 1 ta mahallafuqarolar yigʻinlari mebel jamlanmalari bilan toʻliq taʼminlandi.

Shuningdek, jami 167 ta, jumladan:

Ishtixon tumanida — 62 ta;

Kattaqoʻrgʻon shahrida — 36 ta;

Kattaqoʻrgʻon tumanida — 30 ta;

Jomboy tumanida — 18 ta;

Samarqand shahrida — 5 ta;

Bulungʻur, Urgut tumanlarida — 4 tadan;

Narpay tumanida — 3 ta;

Oqdaryo tumanida — 2 ta;

Nurobod, Samarqand, Qoʻshrabot tumanlarida— 1 tadan mahalla fuqarolar yigʻinlari kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlandi.

Uzoq hududlarda joylashgan jami 101 ta, jumladan:

Jomboy tumanida — 34 ta;

Kattaqoʻrgʻon shahrida — 23 ta;

Bulungʻur tumanida — 13 ta;

Ishtixon tumanida — 11 ta;

Urgut tumanida — 9 ta;

Kattaqoʻrgʻon tumanida — 8 ta;

Samarqand tumanida — 2 ta;

Paxtachi tumanida — 1 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari internet tarmogʻiga ulandi.

Kattaqoʻrgʻon shahridagi 18 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining 114 566 669 soʻmlik kommunal toʻlov qarzdorligi toʻliq toʻlab berildi.