Ana shunday toifadagi fuqarolardan yana 6 nafari 28-dekabr kuni Ufa – Toshkent charter reysi orqali yurtimizga olib kelindi.

Eʼtiborli jihati shuki, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi koʻmagida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yoʻqotgan fuqarolar toifasiga kiradi.