Qiymati 50 milliard soʻmdan yuqori loyihalar boʻyicha infratuzilma xarajatlari toʻliq qoplab beriladi

    Hukumat 15 May 2023 1719

    Dasturda ishtirok etayotgan tadbirkorlarga bojxona rasmiylashtiruvi paytida “yashil yoʻlak” tartibi qoʻllaniladi.

    Dasturga kirgan tadbirkorlarga infratuzilma, yer va bino-inshootlar bilan taʼminlashda qoʻshimcha yengilliklar beriladi:

    - yer, bino-inshootlarni auksion orqali xususiylashtirishda boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi;

    - qiymati 50 milliard soʻmdan yuqori loyihalar boʻyicha infratuzilma xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.

    Soliq va bojxona imtiyozlari toʻliq berilishini, arzon kreditlar oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlamagan rahbarlarga javobgarlik choralari koʻrib boriladi.

    Davlatimiz rahbari ushbu tizim bir martalik ish emas, davomli jarayon boʻlishi zarurligini qayd etdi.

    Vazirlar Mahkamasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Iqtisodiyot va moliya vazirliklariga joylarga chiqib, tadbirkorlar koʻtargan muammo va takliflarni oʻrganish va ularga koʻmaklashish topshirildi.

    Mutasaddilar oldiga yil yakuniga qadar ushbu yangi tizim asosida 550 ming aholini oʻqitib, kambagʻallikdan chiqarish choralarini koʻrish vazifasi qoʻyildi.