Xususan, xorijdan Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyat nomiga yuk konteynerida keltirilgan asbob-uskuna va xoʻjalik tovarlari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, konteynerlarda yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, qiymati 587 mln. soʻmlik 2 turdagi maishiy buyumlar borligi aniqlandi.
Navbatdagi holatda esa, post xodimlari tomonidan Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi bilan hamkorlikda xorijdan keltirilgan 2 ta yuk konteynerini koʻzdan kechirish davomida hujjatlarda qayd etilmagan 117 mln. soʻmlik 5 turdagi “tele-radio ehtiyot qismlari“ hamda 4 turdagi 311 mln. soʻmlik xalq isteʼmoli tovarlari mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi yana bir korxonaga nomiga keltirilgan tovarlarni koʻzdan kechirish davomida yoʻl yuk-kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, umumiy qiymati 586 mln. soʻmlik 8,5 tonna ogʻirlikdagi sunʼiy terilar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati